| Mamlakatni tanlag: | ||
|---|---|---|
| Mamlakatni tanlag: | ||
|---|---|---|
Toshkent, O’zbekiston – O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasiToshkent shahrida LTE (4G) innovatsion tarmog’i ishga tushirilishini ma’lum qiladi.
Respublikamiz mustaqilligi kunining 19 yilligi arafasida MTS-O’zbekiston kompaniyasi o’zining barcha abonentlariga MTS kompaniyasi MDH va Markaziy Osiyoda birinchilardan bo’lib, O’zbekistonda to’rtinchi avlod tarmog’ini (LTE) ishga tushirganini ma’lum qilishdan mamnun. Ushbu innovatsion tarmoqni jahondagi operatorlarning uncha ko’p bo’lmagan qismi ishga tushirgan. Ta’kidlash lozimki, LTE standartiga mos keladigan mobil aloqaning birinchi tarmog’i 2009 yilning oxirida Shvetsiyada ishga tushirildi. Bugungi kunda LTE (4G) innovatsion tarmog’i Shvetsiyada, Norvegiyada, Germaniyada va Buyuk Britaniyada ishga tushirilgan.
LTE (Long-Term Evolution) texnologiyasi – bu 3G tarmoqlari taraqqiyotining mantiqiy davomidir. Mazkur texnologiya amaldagi mobil tarmoqlarga nisbatan ma’lumotlarni ancha yuqoriroq tezlikda (nazariy jihatdan yuz marta tezroq) yetkazib berishi mumkin.
O’zbekistonda LTE (4G) ishga tushirilishi MTS abonentlariga katta imkoniyatlarni ochib beradi, ular katta hajmlardagi ma’lumotlarni yuqori tezlikda yetkazib berishni talab qiluvchi vazifalarni bajarish uchun o’z kompyuterlari va noutbuklarida 100 Mb/sek tezlikda ma’lumotlarni yetkazib berishlari mumkin. Misol uchun endi MTS abonentlari sanoqli soniyalarda og’ir videofayllarni ko’chirib olishlari, shuningdek yuqori yechimda (HD - High Definition) TV va filmlarni tomosha qilishlari mumkin.
Bugungi kunda Toshkent shahrining markaziy qismida 4G tarmog’idan foydalanish mumkin, lekin kelgusida kompaniya butun O’zbekiston bo’ylab 4G tarmog’i doirasini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, 3G tarmog’ini rivojlantirish kompaniya uchun ustuvor vazifalardan biri bo’lib qoladi, 3G tarmog’i 2008 yilning oxirida ishga tushirilgan va hozirda O’zbekistonning 5 ta yirik shaharlarini o’z ichiga oladi. 2011 yilning oxiriga kelib kompaniya O'zbekiston Respublikasining barcha viloyat markazlarini 3G tarmog’iga kiritishni rejalashtirmoqda.
Yangi avlod aloqa tarmoqlari uchun yechimlar ishlab chiqish sohasida jahonning yetakchi kompaniyasi bo’lgan Huawei Technologies Co. Ltd O’zbekistondagi LTE (4G) tarmog’ini barpo etish uchun uskunalar yetkazib berdi. Huawei kompaniyasi «Uzdunrobita» XKga to’rtinchi avlod bazaviy stansiyalari va kontrollyorlari, kommutatsion kichik tizim, transport tarmog’i uskunasini yetkazib berdi. Kompaniya shuningdek O’zbekistonda 4G tarmog’ini foydalanishga topshirishni texnik qo’llab-quvvatlaydi va MTS mutaxassislari bilan tajriba almashadi.
«Aynan biz o’z abonentlarimizga 4G xizmatlarini taklif qilgan MDH va Markaziy Osiyodagi birinchi operatorlardan biri bo’lishga muvaffaq bo’lganimizdan mag’rurlanamiz. Innovatsiyalar yetakchisi bo’lgan kompaniyamiz mobil aloqa va ma’lumotlar yetkazib berish sohasida eng ilg’or texnologiyalarni doimo o’z abonentlariga yetkazib berishga intiladi. O’zbekistonda yangi avlod tarmog’ini tatbiq etgan holda biz tajriba to’playmiz, kelgusida esa barcha bozorlarimizda faoliyat olib borish uchun undan foydalanamiz», — deb ta’kidladi «МТS» OAJ vitse-prezidenti Oleg Raspopov.
4G tarmog’i doirasida mazkur texnologiyaga moslashgan telefon va modem bo’lganda kompaniya abonentlari LTE (4G) tarmog’i imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin.
* * *
Qo’shimcha ma’lumot uchun murojaat qilish:
«Uzdunrobita» XK Marketing Departamenti
E-mail: pr@mts.uz
* * *
MTS-O’zbеkistаn (Uzdunrоbitа) kоmpаniyasi O’zbеkistоndаgi eng yirik mоbil аlоqа kоmpаniyasi hisоblаnаdi. 2004 yil аvgustdаn bоshlаb «Мобилные ТелеСистемы» (MTS) ОАJ tаrkibigа kirаdi. Kоmpаniya 7,59 milliоndаn оrtiq аbоnеntgа хizmаt ko’rsаtаdi (2010 yil iyun).
* * *
«Мобилные ТелеСистемы» (MTS) ОАJ Rоssiya vа MDH mаmlаkаtlаridаgi eng yirik mоbil аlоqа оpеrаtоri hisоblаnаdi, Kоmpаniyaning аbоnеntlаr bаzаsi 98,82 milliоn аbоnеntni tаshkil etаdi. MTS vа uning sho’’bа kоrхоnаlаri GSM stаndаrtidа хizmаt ko’rsаtish litsеnziyasigа egа bo’lgаn Rоssiyaning 82 mintаqаsi, shuningdеk Аrmаnistоn, Bеlаrus, Ukrаinа, Turkmаnistоn vа O’zbеkistоn аhоlisi 230 milliоn kishidаn оrtiq. 2000 yil iyundаn bоshlаb MTS аktsiyalаri Nyu-Yоrk fоnd birжаsidа MBT kоdi оstidа kоtirоvkа qilinаdi. 2008 yil аprеl оyidа MTS brеndi Financial Times vа Millward Brown yеtаkchi хаlqаrо tаdqiqоt аgеntligi tоmоnidаn chоp etilgаn BRANDZ™ rеytingi bo’yichа жаhоnning 100 tа yеtаkchi brеndlаri qаtоrigа kirgаn Rоssiyaning birinchi vа yagоnа brеndi hisоblаnаdi. www.mts.ru sаytidа kоmpаniya hаqidа qo’shimchа ахbоrоt оlish mumkin.
* * *
Bizning yangiliklarimizni RSS formatda o'qing. www.company.mts.uz/uz/news/rss/
08.02.2012y. xolatiga kurs1 USD = 1816.76 so'm